audio
audioduration (s)
4.11
50.7
text
stringlengths
1
533
duration
float64
4.11
50.7
token_count
int64
1
533
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin Turkchadan Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi Birinchi qism B..., 1900. yil, sentyabr.
18.167313
122
To‘rtinchi sinfda edim. Yoshim o‘n ikkilarda bo‘lishi kerak. Frantsuz tili muallimamiz Aleksi opa bir kun bizga inshodan vazifa topshirdi.
12.780313
138
“Hayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat qiling. Ko‘raylik-chi, nimalarni eslar ekansizlar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi bo‘ladi”, — degan edi u.
14.916563
160
Hech esimdan chiqmaydi: sho‘xligimdan, sergapligimdan bezor bo‘lgan murabbiyalarim meni o‘rtoqlarimdan ayirib, sinf burchagidagi bir kishilik kichkina partaga o‘tqazib qo‘yishgan edi.
17.888688
183
Mudira aytgandek, men “dars paytida qo‘shnilarimni gapga tutmaslikni, o‘qituvchimizning so‘zlarini odob bilan tinglashni o‘rgangunimga qadar” u yerda surgun hayot kechirishga mahkum edim.
17.424313
187
Bir yonimda kattakon yog‘och ustun bor: nimaiki qilinsa pinagini buzmaydigan va ora-sira pakkimning uchi bilan u yer-bu yeriga ozor berganimda mardona chidab turadigan vazmin, uzun, gung qo‘shni.
19.096125
195
Narigi yonimda esa monastir tarbiyasiga mos salqin va g‘amgin olaqorong‘ilikni saqlash uchun yasab qo‘yilganga o‘xshagan, darpardalari hech mahal ochilmaydigan uzun deraza.
16.124
172
Men soz narsa kashf qildim: ko‘ksimni partaga suyab, iyagimni bir oz ko‘tarsam, deraza darpardalari tirqishidan osmonning bir bo‘lagi-yu, akatsiya shoxlari orasidan bitta uy derazasi bilan balkon panjarasi ko‘rinar edi.
20.582188
219
To‘g‘risini aytganda, manzara unchalik chiroyli emasdi. Deraza hamisha yopiq turar, balkon panjarasida esa har doim chaqaloqning yo‘rgaklari yoyib qo‘yilgan bo‘lar edi.
15.845313
168
Lekin men shu narsalarni ko‘ra olganim uchun ham xursand edim.
6.278688
62
Dars paytlarida qo‘llarimni iyakka tirab, o‘qituvchilarimga nihoyatda xudojo‘y ko‘rinish uchun lozim bo‘lgan bir alfozda ko‘zlarimni ko‘kka — deraza eshigi tirqishidan ko‘ringan haqiqiy osmonga tiksam, ular meni insofga kira boshlabdi, deb suyunishardi.
24.761813
253
Men murabbiyalarimni shu zaylda aldar, ular bizdan yashirmoqchi bo‘lgan hayotni tomosha qilayotgan kishiday quvonar, aldaganim va intiqom olayotganim uchun huzur qilardim.
15.659563
171
Aleksi opa vazifani tushuntirib bo‘lgandan so‘ng bizni yozishga qo‘yib berdi. Oldingi partalarga husn berib turgan og‘ir tabiatli peshqadam o‘quvchi qizlar allaqachon ishni boshlab yuborishdi.
18.167313
192
Ularning yonida o‘tirmasam ham, nimalar yozayotganlarini kiftlari ustidan ko‘rib turganday bo‘lar edim: “Ilk xotiramda qolgan birdan-bir narsa mehribon onajonimning kichkina karavotcham ustiga egilgan oltin sochli aziz boshi, menga mehru muhabbat bilan kulimsiragan havorang ko‘zlaridir...” tarzida shoirona yolg‘on...
30.241688
318
Aslida esa onalar oltin va havoranglardan boshqa ranglarda ham bo‘ladilar. Faqat so‘rlarning o‘quvchilari qalamidan shunday ranglarga bo‘yalib chiqish u bechoralar uchun bir majburiyat, biz uchun esa odat edi.
21.32525
209
Menga kelsak, men butunlay boshqacha qiz edim. Juda yoshligimda ayrilgan onamdan esimda nihoyatda oz narsa qolgan.
11.1085
114
Lekin onamning oltin sochli, havorang ko‘zli bo‘lmaganini aniqlaman. Shunday bo‘lgandan keyin, asl qiyofasini o‘zgartirib tushuntirishga va bundan mamnun bo‘lishga hech qanday kuch meni majbur qilolmaydi…
20.396438
204
“Nima yozsam ekan?” degan o‘y meni qiynardi. Devorda Bibi Maryamning bo‘yoqli surati tagiga osib qo‘yilgan kakkuli soat tinmay yurib turibdi, men esa hali ham anqayib turibman.
17.981563
176
Boshimdagi lentani yechdim, sochlarimni sekin-asta ko‘zimga tushira boshladim. Bir qo‘lim bilan qalamni og‘zimga tiqib, uni tilim bilan aylantirib o‘tirdim.
16.30975
156
Faylasuflarning, shoirlarning bir narsa yozib turganda burun qashish, bag‘baqalarini cho‘zish kabi g‘alati odatlari bor-da axir…
12.687438
128
Qalam tishlab sochimni ko‘zimga tushirib o‘tirishim ham mening chuqur xayol surayotganligimni bildirishi kerak.
9.901
111
Xayriyatki, menda xayolotga berilish paytlari juda kam bo‘lardi. Aks holda, hayotim ertaklardagi Chorshanba ayol o‘choq onasining hayoti singari chigal-butal bo‘lib o‘tar edi.
16.959875
175
Oradan yillar o‘tdi. Mana endi begona bir shaharda notanish bir mehmonxona nomerida o‘tirib xotiralarimni yozyapman…
11.48
116
Sira tongi yorishmaydigandek tuyulgan tun azobidan qutulish uchun xotiralarimni yozib turgan shu soatimda bir qo‘lim yosh bolalik chog‘larimdagi singari yana sochlarimni to‘zg‘itib, ko‘zlarim ustiga tushirish bilan mashg‘ul.
20.768
224
Buning sababi atrofdagi hayot oqimiga o‘zini qo‘yib yuboradigan yengiltak, beparvolik ekanligimdan bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman.
14.916563
127
Og‘ir kunlarda o‘z-o‘zim, o‘z fikrlarim bilan tanho qolish uchun ko‘zlarim bilan dunyo orasiga shu sochlarimni parda qilib qo‘yishga tirishardim.
16.588375
145
Qalamni kabob sixiday tishlarim orasida aylantirishimga kelsak, to‘g‘risini aytsam, buning hikmatini o‘zim ham bilmayman. Butun bilganim shuki, lablarimdan binafsha siyoh dog‘lari arimas edi.
18.538875
191
Hatto bir kun, endi ko‘zga ko‘rinib kelayotgan qizlik chog‘larimda, maktabimga meni ko‘rgani kelgan bir odamning oldiga mo‘ylov qo‘ygan kishiday chiqdim-u, uyalganimdan yerga kirib ketayozdim.
20.396438
192
Nima to‘g‘rida gapirayotgan edim? Ha... Aleksi opaning ilk xotiralarni yozdirmoqchi bo‘lgan inshosi to‘g‘risida…
14.545
112
O‘sha kuni har qancha o‘ylasam ham, faqat shu narsalarnigina yozganim esimda: “Men baliqlar singari ko‘l ichida tug‘ilganga o‘xshayman. Onamni es-es bilaman…
19.37475
157
Otam, enagam, xizmatkorimiz Husayn ham esimda... Bir kun meni ko‘chada quvgan qora laychani... Bir kun to‘la savatdan yashiriqcha uzum olayotganida barmog‘imni chaqib olgan arini…
20.024938
179
Ko‘zim og‘riganda tomizilgan qizil dorini... Mehribon Husayn bilan Istambulga kelganimizni... Ha, shularga o‘xshash ko‘p narsalarni eslayman…
15.659563
141
Lekin bulardan hech biri ilk xotira emas... o‘zim yaxshi ko‘rgan ko‘lda, quyuq yaproqlar orasida qip-yalang‘och bo‘lib cho‘milib yurgan vaqtlarimdagiday eski xotiralar emas...
19.560563
175
Dengizday poyonsiz bir ko‘l... “Ichida katta-katta yaproqlar, atrofida daraxtlar bo‘lsa, bu ko‘l qanday qilib dengizday katta bo‘lishi mumkin?” deyarsizlar...
16.30975
158
Xudo haqqi, yolg‘on so‘zlayotganim yo‘q, o‘zim ham sizlarga o‘xshab hayronman... Ammo, aslida shunday bo‘lgandan keyin ilojim qancha?..”
15.288063
136
Inshom sinfda o‘qilganda, dugonalarim men tomonga o‘girilishib, qahqaha urib kulib yuborishdi. Bechora Aleksi opa ularni tinchitish uchun anchagina zahmat chekdi.
17.331438
162
Qizig‘i shuki, Aleksi opa qora kiyimi ichida kosov singari bo‘yi, ohorli oppoq yoqasi, saroy xonimining peshonaga tortilgan chorshafiga o‘xshab bosh kiyimi tagidan ko‘rinib turgan sepkilli qonsiz yuzi va anorgul singari qip-qizil lablari bilan hozir ro‘paramda paydo bo‘lib, yana o‘sha savolni bersa, hozir ham o‘shandan boshqa javob topolmasam kerak, yana baliqday ko‘lda tug‘ilganimni ayta boshlayman.
36.00025
403
Keyinchalik u yoq-bu yoqdan surishtirib bilsam, bu ko‘l Musul atrofida, oti doim esimdan chiqib qoladigan bir kichkina qishloq yonboshida ekan; mening poyonsiz dengizim chakalak orasidagi quruq irmoqdan qolgan bir hovuch suvdan iborat ekan.
22.811313
240
Otam u mahallar Musulda xizmat qilar ekan. Men ikki yarim yoshlar chamasida ekanman.
10.179688
84
Yoz shu qadar issiq kelibdiki, shaharda turishning iloji qolmagandan ke- yin, otam meni onam bilan qishloqqa keltirib qo‘yishga majbur bo‘libdi.
15.93825
144
O‘zi esa har kuni ertalab otda Musulga tushar, kechqurunlari, kun botgandan keyin yana qaytib kelar ekan.
12.594563
105
Onam menga qaray olmaydigan ahvolda qattiq kasal ekan. Shuning uchun ancha vaqtlargacha qarovsiz qolibman...
13.430438
108
Oylab xizmatkorlar uyida sarson bo‘libman. Ke- yin qishloqlarning biridan Fotima degan kimsasiz bir arab xotinni topishgan.
14.266375
123
Fotima meni yangigina o‘lgan chaqalog‘i o‘rnida ko‘rib, undan qolgan siynasi bilan onalik mehrini menga beribdi. Dastlabki yillarda sahro bolasiday o‘sibman...
19.839188
159
Fotima meni orqasiga qopchiqday osib olib, jazirama oftoblarda ko‘tarib yurar, xurmo daraxtlariga ham ko‘tarib chiqar ekan.
13.61625
123
Shunday qilib, o‘sha paytlar men hali aytgan qishloqqa kelibmiz. Fotima meni har kuni ertalab oziq-ovqatimiz bilan shu chakalakka keltirar; meni qip-yalang‘och qilib suvga solar ekan...
18.074438
185
Kechqurungacha yumalanishib o‘ynashar, ashulalar aytishar, birga ovqat qilishar ekanmiz... Keyin, uyqumiz kelganda, qum yig‘ib yostiq qilar, gavdalarimiz suvda, boshlarimiz qumda quchoqlashib, betlarimizni betlarimizga qo‘yishib uyquga ketar ekanmiz…
27.176688
250
Suv hayoti tanu jonimga shunchalik singib ketgan ekanki, Musulga qaytganimizda dengizdan chiqqan baliqday qiynalib qolibman.
13.523375
124
Fe'lim buzilib, har zamon tipirchilar, payti keldi deguncha ust-boshimni yechib tashlab, ko‘chaga qip-yalang‘och yugurib chiqib ketar ekanman…
16.68125
142
Fotimaning burnidan, betlaridan, qo‘llaridan g‘urralar arimas edi. Men bu xil g‘urralarga shunchalik odatlanib qolgan edimki, g‘urrasiz yuzlar menga hamisha xunuk ko‘rinardi.
20.675063
174
Mening uchun eng katta motam Fotimadan ajralishim bo‘ldi. Shaharma-shahar yura-yura axiyri Karbaloga keldik.
13.894875
108
U vaqt to‘rt yoshlarda edim. Bunday yoshda ko‘p narsalarni uncha-muncha esda olib qolish mumkin. Fotimaga yaxshigina yerdan kuyov chiqdi.
16.30975
137
Enamning kelin bo‘lgani, go‘shangaga kirgani bugungiday ko‘z o‘ngimda.
8.97225
70
Yuzlari Fotimaniki singari g‘urra bo‘lgani uchun menga nihoyatda go‘zal ko‘ringan xotinlar bilan to‘la uyda meni quchoqdan quchoqqa olishar, keyin Fotimaning yoniga o‘tqazishardi.
17.05275
179
So‘ngra o‘rtaga qo‘yilgan barkashlardan hovuchlab ovqatlar yeganimizni eslayman. Nihoyat, kun horg‘inligidan va hardam xurmacha singari yumalayverishdan charchab enagamning tizzasida yana barvaqt uxlab qolibman.
22.439813
211
Fotima onamiz o‘g‘li Husayn Karbaloda shahid bo‘lganda hayotmidi-yo‘qmidi — bilmayman.
11.015563
86
Bechora ayol o‘sha qora kungacha yashab, jigargo‘shasi dog‘ida har qancha faryod ko‘targan bo‘lmasin, lekin uning faryodi to‘y kechasining ertasiga begona bir xotin quchog‘ida yotganimni ko‘rib, men ko‘targan dodu faryod oldida hech narsa bo‘lmagandir..
23.833
253
Xullas, Karbalo Karbalo bo‘lib bunday shovqinli motamni ko‘rmagandir, deb o‘ylayman. Faryod urib yig‘lashdan, ohu vohdan ovozim bo‘g‘ilgach, katta odamlar singari ochlik e'lon qilib, necha kungacha ovqat yemadim.
21.232375
212
Enagamdan ayrilib, hasrat ichida qoldim, lekin bu hasratni bir necha oylardan so‘ng Husayn nomli bir suvori askargina unuttira oldi. Husayn ta'lim paytida otdan yiqilib, mayib bo‘lgan askar edi.
20.489313
194
Otam uni uyga xizmatkor qilib oldi. Husayn devonaroq odam edi. Meni jonidan ortiq yaxshi ko‘rardi.
13.709125
98
Men esam uning sevgisini oyoq osti qilib, tuzatib bo‘lmaydigan bir vafosizlik bilan xorlardim. Men Fotima bilan birga yotib o‘rganib qolgan bo‘lsam ham, bu bilan birga yotmas edim.
19.096125
180
Lekin saharda xo‘rozlar qichqirdi deguncha ko‘zlarimni ochib uning xonasiga yugurib kirar, ot minganday ustiga minib olib, barmoqlarim bilan qovoqlarini yirib ochardim.
17.610063
168
Ilgari Fotima meni bog‘larga, dalalarga o‘rgatgan bo‘lsa, Husayn kazarmaga, askarlar muhitiga olib kirdi.
13.244688
105
Bu uzun mo‘ylovli yo‘g‘on odamning har xil o‘yinlarga ustaligini hech kimda ko‘rgan emasman. O‘yinlarining asl go‘zalligi xavfli, hayajonli kiliqlarida edi.
17.424313
156
Sochlarim to‘zg‘ir, ko‘zlarim tinar, maza qilganimdan shunday qiyqirib-qichqirardimki, bunday lazzatni keyin hech qaerda topmadim.
15.566688
130
Ba'zan yomon oqibatlar ham bo‘lardi. Lekin men, oramizdagi ahdga binoan, o‘yinda jonim achisa yig‘lamasligim, undan hech kimga shikoyat qilmasligim kerak. Men katta odamlarday sir saqlashga o‘rgandim.
21.975438
200
Meni bunga insofdan ko‘ra ko‘proq, u men bilan o‘ynamay qo‘yadi, deb qo‘rqqanligim majbur qilardi.
11.8515
98
Kichkinaligimda meni qilig‘i sovuq deyishardi. Balki bu to‘g‘ridir ham. Nimagaki, kim bilan o‘ynasam jonini og‘ritar, dodlatar edim. Bu fe'l harholda Husayn bilan bo‘lgan o‘yinlarimning oqibati bo‘lsa kerak.
21.511
207
Jonim har qancha og‘riganda ham falokatni oh-voy qilmay, ochiq chehra bilan qarshilashim undan menga bir yodgordir.
13.058938
115
Husayn ba'zan kazarmada anatoliyalik askarlarga cholg‘u chaldirar, meni yana xurmachaday boshiga o‘tqazib olib, qiziq o‘yinlar qilardi.
15.659563
135
Bir payt u bilan otda ham sayr qiladigan bo‘ldik. Otam uyda yo‘qligida Husayn og‘ildan otni olib chiqar, meni quchog‘iga olib dalalarda soatlarcha o‘ynatib yurardi.
17.517188
164
Biroq bu ermagimiz uzoqqa bormadi. Ishqilib, gunohiga qolmayin-u, oshpaz xotin bo‘lsa kerak, u bir kun bizni otamga chaqdi, bechora Husayn otamdan ikki tarsaki yedi-yu, shu-shu otga yaqinlashmay qo‘ydi.
20.303563
202
Asl muhabbat g‘avg‘osiz, shovqinsiz bo‘lmaydi, deyishadi. Biz ham Husayn bilan kunda eng ozi to‘rt-besh marta urishib olardik.
14.080625
126
Bir qiziq odatim bor edi. Xonaning bir burchagida cho‘kkalab, yuzimni devorga o‘girib olardim. Husayn uch-to‘rt minutcha meni o‘z holimga tashlab qo‘yar, keyin rahmi kelib, birdan ko‘tarib olardi-da, chinqirtirib yuqoriga irg‘itar edi.
22.811313
235
Quchog‘ida bir oz tixirlik qilib o‘tirganimdan so‘ng axiyri betidan o‘pishga rozi bo‘lardim. Shu taxlit yarashib olardik.
13.337563
121
Husayn bilan qadrdonligimiz ikki yil davom etdi. Lekin u yillar hozirgiga hech o‘xshamaydi. Shu qadar uzun, shu qadar uzun ediki ular!..
15.102313
136
Yoshlik xotiralarimni so‘zlab turib, nuqul Fotima bilan Husayndan bahs etishim bir oz ayb bo‘lmasmikan?
12.594563
103
Mening otam Nizomiddin nomli bir suvori mayori edi. Onamga uylangan yili uni Diyorbakirga jo‘natishgan.
12.501688
103
Onamni menga o‘xshatishadi. Onam otamga tushgan yili oldirgan bir rasmi bor, xuddi mening o‘zginam.
11.015563
99
Faqat bechora onam sog‘liq jihatidan menga hech o‘xshamas edi. Juda zaif ekan.
9.622375
78
Bitmas-tuganmas yo‘llarga, tog‘larning qattiq havosiga, dalalarning jaziramasiga chidash beradigan sog‘lig‘i yo‘q ekan. Keyin, aftidan, tag‘in bir kasali ham bo‘lgan.
17.517188
166
Bechoraning er bilan bo‘lgan butun hayoti shu kasallikni yashirish bilan o‘tgan... Nima qilsin, otamni juda yaxshi ko‘rar ekan. Meni zo‘rlab erimdan ajratishadi, deb qo‘rqar ekan...
19.189
181
Otam Istambuldan hamon uzoqlashib borar, har bir safari oldidan onamga: — Seni hech bo‘lmasa bir mavsumgina, mayli, ikki oygina onangni yoniga yuborib turay. Onang bechora ham qarib qoldi... Kim bilsin seni ko‘rgisi kelib, yuragi ezilib o‘tirgandir, — desa, onam:
28.941375
263
— Shu yog‘ini ham pisanda qilibmidik? Istambulga birga qaytamiz, demabmidik? — deyarkan.
9.993938
88
Gap kasaliga borib taqalsa: — Mening hech qanaqa dardim yo‘q... Picha charchadim, xolos... Tunov kuni havo bir oz o‘zgardida, shundan bo‘ldim, o‘tib ketadi... — deyar ekan.
17.05275
172
Ammo Istambulni ko‘rgisi kelganini otamdan hamisha yashirib kelar ekan. Tavba, yashirib bo‘larmidi.
11.48
99
Uyquga ketganidan ikki minut o‘tar-o‘tmas otamni uyg‘otar, Qalandardagi chorbog‘imizni, naryoqdagi chakalakni yoxud Bosfor suvlarini ko‘rganligini aytar ekan...
17.981563
160
Jindakkina uyqu ichida o‘tgan bir necha minutga shu qadar uzun tushni sig‘dirish — u yerlarni odam juda ham ko‘rgisi kelgan bo‘lishidan emasmikan?
13.430438
146
Buvim harbiy ministrlikka, saroy mulozimlarining oldiga borib, otamni Istambulga qaytarishlarini har qancha iltimos qilsa ham, har qancha yig‘lab-siqtasa ham, bu yolvorishlar hech qanday naf bermagan.
19.281875
200
Nihoyat, onamning kasali og‘irlashgandan so‘ng otam hech bo‘lmasa uni Istambulga olib borib qo‘yish uchun bir oyga ruxsat so‘ragan-u, javobni ham kutib o‘tirmasdan yo‘lga chiqqan.
17.517188
179
Tuyalarga ortilgan kajavalarda o‘tirib cho‘ldan o‘tganimiz xuddi bugungiday esimda. Bayrutga yetib, dengizni ko‘rishimiz bilanoq onam bir oz jonlanganday bo‘ldi.
18.167313
161
Qo‘ngan uyimizda onam meni ko‘rpasiga o‘tqazib, sochlarimni taradi, qo‘llarimning kirligini, tugmalarimning tushganligini ko‘rib xafa bo‘ldi, boshini bag‘rimga bosib yig‘ladi.
18.8175
175
Bir-ikki kundan keyin o‘rnidan turdi. Sandig‘idan yangi kiyimlarini olib yasandi.
10.086813
81
Kechqurun otamni kutib olgani pastga tushdik. Otam menda qo‘rs tabiat askar taassurotini qoldirgan edi.
11.758625
103
Lekin o‘shanda onamning turib yurganini ko‘rib, suyunganidan yugurib keldi-da, onamni endigina yura boshlagan go‘dak boladay qo‘llaridan ushlab yig‘ladi — men buni hech esimdan chiqarmayman....
19.189
193
Bu bizning birga kechirgan so‘nggi kunimiz bo‘ldi. Onamni ertasi kuni ochiq sandiq yonida, boshi kiyimlar bo‘xchasi ustiga qo‘yilgan, lablarida qon qotib qolgan holda topishdi — onam o‘lib qolgan edi.
20.675063
200
Olti yashar bolaning ancha-muncha narsaga aqli yetishi kerak. Lekin men hech nimani uqmaganday parvosiz yuraverdim.
13.244688
115
Biz tushgan uyda odam ko‘p edi. Hali ham esimda, bir necha kungacha kattakon bog‘da bolalar bilan bo‘g‘ishib yurdim, Husayn bilan ko‘chalarda, dengiz bo‘ylarida aylandim, jome hovlisiga kirib qubbalarni tomosha qildim.
21.046625
218
Onamni begona yerga qo‘yganimizdan so‘ng, Istambulga qaytish otamning yuragiga sig‘madi.... Innaykeyin, buvim, xolalarim bilan ko‘rishishdan qochdi shekilli ham...
16.588375
163
Shunga qaramay, meni ularning oldiga yuborishni o‘z burchi deb bildi. Nazarimda, kun sayin o‘sib borayotgan qiz bolani kazarmada, askarlar qo‘lida tarbiyalash yaxshi bo‘lmaydi, deb o‘ylagan bo‘lsa ham kerak.
20.210688
207